Menu

Bill Geyts, MICROSOFT korporatsiyasi asoschisi, bir necha yillar “dunyodagi eng boy odam” reytingini egallab turgan.

Yaqinda Bill Geyts yuqori sinflar o‘quvchilariga murojaat qila turib, o‘smirlarga hech qachon maktab dasturlarida o‘rgatilmaydigan 11 prinsip haqida gapirdi. Geytsning fikricha, yoshlarga nisbatan o‘ta optimizm va xushmuomalalik, ularga hayotni haqqoniy idrok qilishlariga xalaqit beradi va albatta ularni yetuk hayotlaridagi muvaffaqiyat-sizliklariga sabab bo‘ladi. Sayyoramizning eng omadli kishilaridan birining prinsiplari bilan tanishing:


1. Hayot haqqoniy emas - bu holatga ko‘nikishga to‘g‘ri keladi.
2. Atrofdagilar sen o‘zingga qanday baho berishingga tupurishadi. Qanday bo‘lmasin boshlagan ishingni o‘zing oxiriga yetkazishingga to‘g‘ri keladi.
3. Maktabni bitiriboq yiliga 60000 dollarlik daromadga umid qilma. Sen faqatgina “yaxshi yigit” bo‘lganliging uchun mashinasida sputnik antennasi bor firmani vitse-prezidenti bo‘la olmaysan. Avval bunga ter to‘kib erishish kerak.
4. Seni o‘qituvching senga nisbatan o‘ta talabchan deb o‘ylaysanmi? O‘zing o‘qituvchi bo‘lganingda o‘zingga nisbatan tashqaridan baho berasan.
5. Kafeda idish-tovoq yuvish seni obruyingni yerga urmaydi. Seni ajdodlaring bunga boshqacha so‘z qo‘llashgan. Ular buni IMKONIYAT deb atashgan.
6. Agar sen noqulay, ko‘ngilsiz holatga tushib qolsang, bu seni ota-onangni aybi emas, ulardan nolima: xatoingni o‘zing tuzat, xatolardan to‘g‘ri yo‘lni o‘rganishadi.
7. Sen tug‘ilmasingdan oldin ota-onang xushchaqchaq va samimiy insonlar bo‘lishgan. Ular seni boqaman, kiyintiraman, yaxshi tarbiya qilaman deb mijg‘ovga aylanishgan. Shuning uchun ularga o‘rgatishdan oldin o‘zingni eplashni, xonangni yig‘ishtirishni, orqa-oldingni toza tutishni o‘rgan.
8. Sening maktabingda balki o‘quvchilarni ilg‘or va omadsizlarga keskin ajratishmaydi, hayotda esa bunday emas, AJRATISHADI. Ba’zi maktablarda past baho deyarli qo‘yishmaydi va o‘quvchilar to‘g‘ri javob berishi uchun qancha imkoniyat kerak bo‘lsa, shuncha imkoniyat berishadi. Haqiqiy hayotda umuman bunday emas, imkoniyatni yo‘qotdingmi, tamom, orqada qolib ketaverasan.
9. Hayot choraklik va ta’tillarga bo‘linmaydi, hech kim seni O‘ZINGNI TOPISHING ni kutib o‘tirmaydi, hamma yugur-yugur va izlanishlar o‘z hisobingdan bo‘ladi!
10. Haqiqiy hayot televizorda ko‘rganingdan tubdan farq qiladi. Aslida har bir kishi har kuni ishlaydi, kafe va restoranlardagi maishat o‘z o‘rnida.
11. Zehni pastlarning ustidan kulma, tez orada ulardan birining qo‘l ostida ishlab qolishing ehtimoldan xoli emas.