Menu

16-QONUN. O‘ZINGIZGA O‘ZINGIZ BOSHLIQ VA BO‘YSUNUVCHI BO‘LING

Ralf “mavsumiy” ishchi edi. Ishlar yaxshi ketayotganda u shijoatkorlik mo‘’jizalarini ko‘rsatardi. Ishda turg‘unlik yuz bersa u yaxshi kunlarni kutib, hech ish qilmay qo‘yardi. Bu turishda Ralf hech narsaga erisha olmasligini ustozi bilardi. Yosh yigit o‘z iqtidorini o‘ldirayotganini kuzatib turishga chiday olmabdi. Bir chashka qahva ustida nav batdagi uchrashuvda u Ralfga saboq berishga qa ror qilibdi. U yangi damlangan qahva choynagini olib, undagi qahvani polga to‘ka boshlabdi. Ralf qichqirib yuboribdi. U ustozim xayolga berilib, chashkani qo‘yishni unutib qo‘ygan, degan xulosaga kelibdi, biroq ustozi bamaylixotir ishida davom etibdi. Qaynoq qahva har tomonga sachrabdi. Ralf hech vaqoni tushunmasdan polda paydo bo‘lgan qahva ko‘lmagiga bezraygancha tikilib qolibdi. Ustozi esa o‘z xatti-harakatlariga izoh beribdi: “Qahva sening iqtidoringni bildiradi. Chashkaning yo‘qligi esa senda intizom yo‘qligini. Iqtidoringni intizom bilan bog‘lamas ekansan, sen o‘z qobiliyatingni shunchaki ko‘kka sovurasan. Intizomsiz inson chin ma’noda yashay olmaydi”.

* * *

Bu bobda har bir insonning professional faoliyati davomida uchraydigan muhim masalalar haqida hikoya qilinadi. Bu muvaffaqiyatga erishish uchun eng hal qiluvchi yo‘nalish bo‘lishi ham ehtimoldan holi emas. Gap asosan xususiy tadbirkorlar ustida boradi, biroq, aytiladiganlarning ham masi yollanib ishlovchilarga ham barobar tegishlidir. Iltimos, har bir inson alal-oqibat o‘zi uchun mehnat qilishini unutmang. Shu nuqtai nazardar, har birimiz xususiy tadbirkormiz.

NEGA KO‘PLAB TADBIRKORLAR MUVAFFAQIYATSIZLIKKA UCHRASHADI?

Insonlarning ko‘pchiligi o‘z orzulariga erishish uchun tadbirkorlik bilan shug‘ullanishgan. Ular o‘z-o‘zlariga xo‘jayin bo‘lishni istashadi. Afsuski, ularning ko‘pchiligi bu yo‘lda kasodga uchrashadi. Bundaylar sirasiga biror firmada yollanib ishlab, o‘z vaqtida ko‘zga ko‘rinarli muvaffaqiyatlarga erishganlarni ham qo‘shish mumkin. Necha yillar davomida ko‘p va xo‘b mehnat qilgan, biroq kuni kelib tadbirkor bo‘lishni istab qolganlardan omad yuz o‘giradi? Nega ular o‘zgalar uchun boylik to‘plash imkonini yaratib berib, o‘zlari uchun hech narsa yarata olishmaydi? Shunchaki, bunday insonlarning xarakterida ular yollanib ishlagan chog‘larida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lmagan qirralar mavjud emas. Vaqt o‘tib ularda paydo bo‘lgan odat ular tadbirkorlik bilan shug‘ullana boshlagan damlarda dramatik tarzda ko‘rinish bergan. Ular nazorat ostida ishlashga, maqsadga muhitning bosimi ostida erishishga shunchalik ko‘nikib qolishganki, o‘z-o‘zini boshqarish xususiyatini yo‘otishgan. Bu hol mansabda yuqorilagan va kutilmaganda ko‘proq erkinlikka ega bo‘lib qolgan xodimlarga ham taalluqlidir. Hamma gap shundaki, insonlarning ko‘pchiligi hech qachon o‘z ishini ochishga botina olishmaydi, chunki bu holda ularga o‘z ustalaridan nazorat va bosim yetishmaydi. Ular yelkasi osha biror kishi qarab tursa yoki “qamchilab” tursagina yengil ishlashadi. Muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik bizning odatlarimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Agar biz shart-sharoitlar o‘zgarishini istasak, eski odatlarimizni yangisi — bizga muvaffaqiyat keltiradiganiga almashtirishimiz kerak.

HAL QILUVCHI FARQ MUTLAQO MAVJUD EMASDEK TUYILADI

Muammo shundaki, biz “mitti farqlar”ning ahamiyatini yetarli darajada baholay olmaymiz. Agar kunlik, haftalik, oylik rejalarimizni salgina bajara olmasak, hechqisi yo‘qdek ko‘rinadi. O‘n soat o‘rniga to‘qqiz soat ishlaganimiz, yetti yarim ming o‘rniga olti ming uch yuz yevro daromad qilganimiz yakuniy natijaga qancha ham ta’sir qilardi, deymiz. Bu ham yomonmas-ku, axir!? Tushlikda yana bir soat ushlanib qolsak, buning nimasi yomon? Beshta o‘rniga to‘rtta hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazsak-a? Ishga 9:00 da emas, 9:30 da kelsak? Siz shunchaki bu xatti-harakatlaringiz va shaxsiy daromadingiz o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish borligini ilg‘amayapsiz! Afsuski, bunday bog‘liqlik bor. Bir necha yillar davomida bajargan ishingizni tahlil qilsangiz, bu bog‘liqlik yanada bo‘y ko‘rsatadi. Axir aynan hozir bajarayotgan ishingizni bir yuz o‘n foizga bajarish muhimroq-ku! Bu ish siz uchun eng asosiysi. Muvaffaqiyatga erishishingiz yoki omadsizlikka duchor bo‘lishingiz, o‘zingizga nisbatan ishonchingiz ortishi yoki susayishi aynan shu ishga bog‘liq. Sizning xulq-atvoringiz hayotingiz o‘rtahol yoki bashang bo‘lishini bevosita belgilab beradi. Aynan shu yerta “o‘rtahol” inson va g‘olib o‘rtasidan chegara o‘tadi. Avvaliga bu ikki insonning hayot yo‘lidagi og‘ish bor-yo‘g‘i bir necha gradusni tashkil etadi, biroq yillar o‘tib, ularning orasida farq kengaygandan kengayaveradi. Biri yanada ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishsa, ikkinchisining tushkunlikdan qo‘llari shalvirab qoladi. Unutmang: shaxsiy intizom bir qaraganda tuyilganidan ko‘proq ahamiyatga ega.
ERKINLIK-CHI?
Kimdir intizomni o‘zining shaxsiy erkinligiga putur yetkazmoqda, degan bahona bilan rad etishi mumkin. Biroq, erkinlik nima o‘zi? Bu so‘z turlicha ma’nolarga ega. Erkinlik va shaxsiy intizomni qu yidagicha bog‘lash mumkin: “Erkinlik — bu senga yoqqan ishni qilish yoki qilmaslik imkoniyati ekanligidan tashqari, o‘z oldingga belgilab qo‘ygan hayotiy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun o‘z xatti-harakatlaringni chegaralash zaruriyati hamdir”. Agar biz o‘zimiz uchun rejalashtirib qo‘ygan narsalarni amalga oshira olmas ekanmiz, qanaqasiga o‘zimizni erkin odam deb hisoblashimiz mumkin? Bu holda siz erkin emassiz, siz — o‘z odatlaringiz va ojizliklaringizning qulisiz. Bunday odam o‘z oldiga sof vijdon bilan harakat rejasini ham belgilay olmaydi, hatto. U buni bajara olmasligini oldindan his etadi. O‘z niyatlarini amalga oshirish imkoniyatidan mosuvo insonlarni bir kuzating-a! Ular o‘zlaridan aslo rozi emaslar. O‘zlarini juda yomon ko‘rishadi, atrofdagilar ham uni yomon ko‘radi, deb hisoblashadi. Bunday insonlar erkinman, deya ta’kidlashadi, biroq bu yolg‘on.

BOYLIK SARI YO‘L

Odamlar orasida qanday boyish mumkinligi haqida noto‘g‘ri tasavvur bor. Ko‘pchilik buning uchun alohida qobiliyat kerak, deb hisoblashadi. Bu holda qobiliyatning yetarli emasligi o‘zini oqlash uchun eng yaxshi bahona ekanligini hisobga olishmaydi. Agar talant bo‘lmasa, kuch sarflab nima qildim, deyishadi. Boshqalar esa agar ish haqiqatdan ham shunga arzisa, 110 foizga ishlashga tayyor. Biroq, hayotingizda “haqiqatdan ham buyuk” ish paydo bo‘l gunga qadar kuchni sarflamay turish ham yaramaydi. Bunday buyuk ishlarga loyiq bo‘lish, kerak. Buning uchun hozirdanoq yeng shimarib ishlash kerak. Muvaffaqiyatga erishgan barcha insonlarni haqiqatdan ham bog‘lab turuvchi chiziq haqida gapiradigan bo‘lsak, bu ularning ayni shu damda qilayotgan ishlarini a’lo darajada bajarish qobiliyatidir. Muvaffaqiyat sari qandaydir olamshumul ishlar emas, kundalik ish-yumushlar olib bo-radi. Agar siz boyishni is tasangiz, favqulodda qi yin ishlarni emas, oddiy ishlarni favqulodda yaxshi bajarishingiz kerak. Muvaffaqiyat kaliti buyurilganidan ortiqroq ish bajarishga majbur qiladigan shaxsiy intizomni tarbiyalashdadir. Bu holda biz huzur baxsh etadigan ishlarni ko‘proq bajaramiz. Siz rejalashtirgan ishingizni haqiqatdan ham bajara olishingiz mumkinligiga o‘zingizni ishontirish yo‘l larini toping. Kundalik ikir-chikirlarda ham muvaffaqiyatsizlikka uchragan inson o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotadi.

SHAXSIY INTIZOMNI QANDAY TARBIYALASH MUMKIN?

Buning uchun metin iroda zarur emas. Bunda maqsadlarimiz asosiy rol o‘ynaydi. Agar insonda maqsad bo‘lmasa, unga intizomning ham keragi yo‘q. Maqsad qanchalik aniq bo‘lsa, rejaga amal qilish yanada ma’no kasb etadi. Maqsadimizni qanchalik aniq his etsak, o‘z ustimizda shunchalik kamroq ishlashimiz kerak bo‘ladi. Bu holda xohish va hissiyot metin intizom o‘rnini bosadi. Albatta, o‘zimizga qandaydir topshiriqlar berib, uning bajarilishini nazorat ham qilish kerak. Bunga qanday erishish mumkin? Shunchaki, o‘zingizga ham boshliq, ham bo‘ysunuvchi xodim bo‘ling. Hatto ishbilarmon bo‘lsangiz ham, har qanday ishni xuddi birovga yollanib ishlayotgandek, ustingizdan kimdir nazorat qilib turgandek bajaring. Bu holda siz xayolan ikki rolni: boshliq va xodim rolini bajarishingiz kerak. Boshliq rolida siz strategiya ishlab chiqishingiz, xodim rolida esa uni tartibli qilib hayotga tatbiq etishingiz lozim. O‘z oldingizga vazifa belgilagan oningizda siz uni bajarishga aniq ishonishingiz kerak. O‘z o‘zingizga nisbatan qattiq talab qo‘yishingiz kerak. Bahonalar axtarib, aslo qiyinchiliklardan nolimang. Ichingizda o‘tirgan boshliq ko‘p yillar xodim sifatida orttirgan sermahsul bo‘lmagan odatlaringiz bilan kurashadi.

O‘ZINGIZGA TO‘G'RI BO‘LING

Agar siz o‘zingizda ham boshliq, ham xodim rolini jo qilgan bo‘lsangiz, avvalo o‘z-o‘zingizni aldash odatidan voz keching. Siz shunchaki orzulasangiz, loyihalar yaratib, ularni hayotga tatbiq etish uchun hech qanday kuch sarflamasdan turli hikoyalar bilan o‘zingizni ovutsangiz, o‘z-o‘zingizni aldamoqdasiz. Bandlik va sermahsul mehnatni adashtirib yuborish ujda oson. Biz kun bo‘yi bosh qashlashga vaqt topolmay mehnat qilishimiz mumkin. Savol tug‘iladi: o‘zi nima bilan band miz? Bunday xavfdan qochish va o‘zingizni aldamaslik uchun siz boshliq sifatida har kech -o‘zingizga savol berishingiz kerak: “Bugungi sermahsul natijalarim qanday? Qanday daromad keltiruvchi harakatlarni amalga oshirdim va nimalarga erishdim?” Bu savolga javob topish uchun kecha, olti oy yoki besh yil muqaddam bajargan ishlaringiz ahamiyatga ega emas. Shuningdek, ertaga, uch haftadan so‘ng, “vaziyat o‘nglangach” qiladigan ishlaringiz ham. Bugun rejani qaysi sababga ko‘ra bajara olmaganingiz ham muhim emas. Faqat bir narsa ahamiyatlidir: bugun siz o‘z shaxsiy rejangizga sodiq qoldingizmi? Aniq qanday ishlarni bajardingiz? Axir siz ning daromadingiz maqsad sari yo‘ naltirilgan harakatlaringizga bog‘liq.

YOZMA HISOB

Barcha xatti-harakatlaringiz yuzasidan siz o‘z oldingizda halol bo‘lishingiz kerak. Ko‘pincha o‘z-o‘zingizga berilgan va’dalar buziladi. Agar barcha rejalashtirish va nazorat faqat sizning xayolingizda yuz bersa, siz aslidan ko‘ra ko‘proq ish bajargandek tasavvurni osongina hosil qila olasiz. Agar siz o‘zingizga bugun nimalar bajarildi, degan savol bersangiz vijdoningiz sizga to‘g‘ri javob bermaydi. Javob aldov va bahonalarga qorishiq bo‘ladi. Inson tabiati o‘zi shunaqa. O‘zni aldashning yagona yo‘li mavjud. Siz harakatlaringiz va erishgan natijalaringizni yozma ravishda hisob-kitob qilib borishingiz kerak. Xayolda siz hamma ma’lumotlarni o‘zingizga yoqadigan qilib jamlashingiz mumkin. Biroq qog‘oz — shaf qatsiz! Siz nimadir qilgansiz yoki qilmagansiz! Statistika bilan shug‘ullaning, faqat raqamlarni yozing. Bu yerda bahona va oqlashlarga o‘rin qolmaydi. Raqamlar bilan tortishib bo‘lmaydi. Reja yo bajarilgan yoki yo‘q. Foliblar o‘zini nazorat qilmasdan umuman ishlay olishmaydi. Axir bugun nima ish qilganingni bilmasdan turib, ertangi kun uchun maqsadlarni belgilab bo‘ladimi? O‘zingni boshqara olmasang, o‘zgalarni qanday boshqarasan? Agar vaqt, mehnat sarfi va yakuniy natijalar o‘rtasidagi bog‘liqlik noma’lum bo‘lsa, daromadni qanday oshirish mumkin?! Hamma ishni ham xayolda bajarib bo‘lmaydi. Biznes — bu juda ko‘p raqam, ma’lumot, fakt va detallar degani. Siz ishni o‘z oqimiga tashlab qo‘yib, faqat xotirangizga suyana olmaysiz. Qayd qilib borish odati hayotning boshqa jabhalarida ham albatta asqotadi. G'oliblar har doim o‘zlariga boshliq va xodim rolini jo qilishgan. O‘z-o‘zini aldab qo‘ymaslik uchun ular nazorat talab etilgan barsa narsalarni yozib yurishadi. Agar inson doim maqtalsa u yoqimli hislar og‘ushida qoladi, biroq mukammallashish uchun imkoniyatni boy beradi. Konstruktiv tanqid garchi juda achchiq bo‘lsa-da, favqulodda foydalidir. Foliblar o‘z xatti-harakatlarini ob’ektiv baholashadi. Garchi og‘riqli hislar paydo qilsa-da, ular o‘z oldlarida to‘g‘ri bo‘lib qolishni istashadi. Yodda tuting: kimki o‘ziga bo‘y sunmasa, boshqalarga bo‘y sunishga majbur bo‘ldi.

AMALIY MASHQLAR:

Bugun men o‘zimda boshliq va xodim rolini jo qilish ustida ishlayman. Buning uchun qu-yidagilarni qilaman:
1. Men ishbilarmonlik muvaffaqiyatim intizomga bog‘liqligini bilaman. Men o‘zimda shaxsiy intizomni tarbiyalashga va’da beraman. Bu yo‘l da har qanday mayda-chuyda narsalarni ham nazardan qochirmayman. Bugundan boshlab, barcha rejalarimni izchillik bilan amalga oshirish payidan bo‘laman.
2. Men o‘z-o‘zimga ham boshliq, ham xodim bo‘lishga qaror qilaman. O‘zimga nisbatan shaf qatsiz bo‘laman. Men o‘zimni xuddi boshliq xodimini nazorat qilgandek nazorat qilaman. Men boshqalar uchun o‘zimga nisbatan shijoatliroq ishlash sababini ko‘rmayapman. Agar o‘zimni o‘zim nazorat qilmasam, buni boshqalar qilishini bilaman. Yo men o‘zimga bo‘ysunaman, yoki boshqalarga.
3. Ish kunining so‘nggida men o‘z yutuqlarimni tanqidiy nuqtai nazardan baholayman. Har qanday insonga xos bo‘lgan o‘z-o‘zni aldash tendensiyasi menda ham mavjudligi bois, o‘z ishlarim va natijalarni yozib yuraman.
4. Hech qanday inson butun umr intizomli bo‘la olmasligi bois, men har ikki haftada dangasalik kuni o‘tkazib turaman. Bu kunda o‘zimga yoqqan ishni qilaman, yoqqan narsalarni yeyman, istaganimcha uxlayman... Men ushbu dangasilik kunida har qanday intizomni bekor qilaman, biroq buning hech qanday yomon tarafi yo‘q, chunki buni o‘zim shunday rejalashtirganman. Agar qat’iyatim o‘tmaslashganini sezib qolsam, navbatdagi dan gasalik kuniga ko‘p vaqt qolmaganini esga olaman. Bu mening shaxsiy intizomimni mustahkamlaydi.