Menu

23-QONUN. QO‘RQUVLARINGIZNI YENGISHNI O‘RGANING

O‘rmonda sayyor qilib yurgan bolakay yalanglikda ikki tomorqaga duch kelibdi. Egalari tomorqada ishlashayotgan ekan. Biroq bu tomorqalar bir-biridan tubdan farq qilardi. Ularning biri yovvoyi o‘tlarga to‘la bo‘lib, egasi tinim bilmay mehnat qilsa-da, ularni yo‘qotolmayotganidan yozg‘irardi. Ikkinchi tomorqa esa juda qaralgan va tartibli ekan. Egasi esa huzur qilib qo‘shiq xirgoyi qilgancha shoshilmasdan ishlardi. Ko‘rinishicha, tomorqada ishlash unga zarracha og‘irlik qilmayotgandi. Bolakay o‘z ishidan mamnun bog‘bon bilan tanishishga qaror qilibdi va unga nega tomorqani tartibga keltirishni bu qadar oson eplagani-yu, qo‘shnisi ter to‘kib ishlasa ham aytarli natijaga erisha olmaganiga qiziqibdi. Bog‘bon shunday javob beribdi: “Ilgari men ham u kabi holdan toyguncha ishlab, yovvoyi o‘tlarni yo‘qota olmaganman. Ularni qanchalik yulmay, ildizlari yerda qolib, yana o‘sib chiqaverardi. O‘tlar men yulishga ulgurganimdan ham tezroq o‘sardi. Shunda men boshqacha yo‘l tutishga qaror qildim. Men shuvoqu ajriqlardan ham tez o‘sadigan gul topdim. Tez orada jamiki yovvoyi o‘tlar gullar soyasida qolib, qurib, o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketdi”. Bolakayni kuzata turib, bog‘bon o‘rmon yoqasidagi faqat zaharli o‘t-o‘lanlar o‘sib yotgan uchinchi tomorqani ko‘rsatibdi va debdi: «Bu tomorqaning egasi — quli yengil tabib. U uchalamizning oramizda eng aqllisi hisoblanadi. U tomorqasida o‘sib yotgan zaharli giyohlardan dori-darmon tayyorlaydi».

* * *

Har qanday inson — hattoki buyuk ishlar qiluvchi inson ham, — qo‘rquv hissini juda yaxshi biladi. Hech narsadan qurqmaydigan inson JASUR emas, har qanday qo‘rquvga qaramasdan OLFA borgan inson JASUR hisoblanadi.
Qo‘rquv — voqelikka aylanishini istalmaydigan hodisalar haqida tasavvur qilishdir. Bu tasavvurlar qanchalik yorqin va tez-tez paydo bo‘lsa, qo‘rquv shunchalik kuchli bo‘ladi. Qo‘rquvga qarshi kurashish qiyin, biroq uni o‘z foydamizga ishlatishimiz, yoinki unga qarshi boshqa, yanada kuchliroq tuyg‘uni qarshi qo‘yishimiz mumkin. Biz qo‘rquv oldida ilojsiz emasmiz aslo. Biz unga qarshi kurashishimiz, uni hayotimizni zaharalashga yo‘l qo‘yib bermasligimiz mumkin.

QO‘RQUVNI MAMNUNLIK HISSI BILAN YENGISH MUMKIN

Qo‘rquvni o‘tni yerdan yulgandek yurakdan yulib tashlab bo‘lmaydi. Tasavvur qiling, chiroqni o‘chirdingiz va sizni tim qorong‘ulik chulg‘ab oldi. Zulmatga qarshi nima ishlatasiz? Unga qarshi kurashish yoki uni quvish — bema’nilik. Uni faqat yorug‘lik bilan yengish mumkin.
Qo‘rquv — zulmatga o‘xshaydi. Uni quvib bo‘lmaydi. Biz uni qanchalik jon jahdimiz bilan quvadigan bo‘lsak, u shunchalik kuchaya boradi. Bu holatda harakat kuchi teskari harakat kuchiga teng. Biroq, qo‘rquvga nisbatan boshqa bir kuchliroq his-tuyg‘uni ishlatish mumkin. Xuddi zulmatni yorug‘lik bilan kesgandek. Buni tushuntirish juda oson. Bizning miyamiz ayni bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq fikrni o‘ylay olmaydi. Agar biz miyamizni qo‘rquvga teskari tuyg‘ular bilan band qilsak, qo‘rquvga o‘rin qolmaydi. Qo‘rquvning teskarisi aslo jasurlik emas. Axir jasur inson ham qo‘rquvni tuyadi, biroq uni yengib harakat qiladi. Shu sababli uni biz jasur deb ataymiz. Qo‘rquvning aksi mamnunlik hisoblanadi, shu sababli qo‘rquvni mamnunlik bilan yengish mumkin. Agar siz o‘zingizda mamnunlik hissini uyg‘otuvchi beshta narsani eslay olsangiz, qo‘rquvdan asar ham qolmaydi. Bu mutlaqo oddiy narsa bo‘lishi mumkin, masalan: yurish, ko‘rish, gapirish, o‘qish qobiliyatingiz. Bu sizning avtomobilingiz, kvartirangiz, siz suygan va sizni sevuvchi odamlar bo‘lishi mumkin. Biz ko‘pincha bunday narsalarni o‘z-o‘zicha bo‘ladigan narsa sifatida qabul qilamiz, hech qursa, ulardan ayrilgunimizcha. Xudo ko‘rsatmasin-u, yurish imkoniyatidan mahrum bo‘lsangizgina bu qanday baxt bo‘lganini anglab yetasiz. Buni tez-tez anglab turish kerak, shunda hayotingiz to‘kis va boy bo‘ladi.

BUYUK MAQSADLAR QO‘RQUVNI ChEKINTIRADI

Qo‘rquvni yengishga qaratilgan yana bir usul o‘z maqsadingizga diqqatingizni jamlashdan iborat. Agar biz maqsadimizni ko‘zdan qochirsakkina qo‘rquv bizni to‘la-to‘kis chulg‘ab olishi mumkin. Har hafta o‘zingizning eng muhim maqsadlaringizni yozib boring. Ularga yetishganingizdan so‘ng hayotingiz qanday bo‘lishini tasavvur qilib turing. O‘z maqsadlaringiz haqida orzu qila turib qo‘rquv nimaligini unutganingizni sezib qolasiz shunda. Albatta, bu ish uchun kuniga bir necha daqiqangiz qurbon bo‘lar, biroq, harakatsizlik va qo‘rquv iskanjasida bundan-da ko‘proq vaqtingizni yo‘qotasiz. To‘g‘ri, bu muolajadan ko‘p o‘tmay qo‘rquv yana qaytadi, biroq endi siz uni ancha xotirjam qarshi olasiz. Bundan tashqari, bu holatda qo‘rquv sizga yana o‘z maqsadlaringizni yodga olish haqida signal bo‘lib xizmat qiladi.

O‘NTA AMALIY MASLAHAT

Agar sizni qo‘rquv chulg‘ab olsa quyidagi o‘n bo‘limni o‘qib chiqing:
1. O‘z-o‘zingizga «Mening avvalgi qo‘rquvlarim nima bo‘ldi?» deb savol bering. Shunda siz o‘tgan davrdagi qo‘rquvlaringizning maksimum besh foizi voqelikka aylanganini tushunib yetasiz. Bezovtaligingiz nechog‘lik asosli ekanligi haqida o‘ylab ko‘ring. Ehtimol, siz arzimagan narsa uchun xavotirlanayotgandirsiz?
2. Sizda mamnuniyat hissini uyg‘otuvchi besh narsani yozib qo‘ying. O‘z-o‘zingizga: «Shu vaqtgacha ishlarim joyida edi. Bundan buyon ham shunday bo‘ladi!» deng.
3. Biz qo‘rqayotgan narsalarning ko‘pi kelajakda sodir bo‘lishi, umuman sodir bo‘lmasligi ham mumkin. Bugungi kunga ularning mutlaqo aloqasi yo‘q. Unda nega bugun qiynalishimiz kerak?
4. Bugungi kun ko‘ngildagidek tugashiga o‘zingizni ishontiring. Ertaga esa yana bir shunday kun kutib turibdi. Hayot alohida kunlar ketma-ketligidan iborat.
5. Agar qo‘rquv nihoyatda katta bo‘lsa tezroq g‘olib inson bilan muloqotga kirishing. Uning huzurida qo‘rquvingiz yo‘qoladi. U yoki bu inson shunday holatda nima qilgan bo‘lishi haqida o‘ylasangiz ham bo‘ladi.
6. Ish bilan mashg‘ul bo‘ling. Albatta, qo‘rquv chegaradan chiqay deb turganda bu oson ish emas, biroq juda muhim. Chunki qo‘rquv yuki aynan ishsiz, bekor o‘tirgan odamni yanada qattiqroq bosadi.
7. Bu ish qo‘lingizdan kelish-kelmasligi haqida o‘zingizga savol bera ko‘rmang. Savol boshqacharoq yangrashi kerak: “Men uni qay tariqa bajaraman?” Nima bo‘lganda ham siz to‘g‘ri yechimni topasiz.
8. O‘zingizni ijobiy tasavvurotlaringizni ishga soling. O‘zingiz haqida oxiri baxayr tugaydigan qiziq hikoya o‘ylab toping.
9. O‘zingiz sevgan musiqani tinglang. Qo‘rquv xudda bo‘lmagandek yo‘qoladi.
10. Muvaffaqiyat kundaligingizni to‘ldiring. Naqadar omadli inson ekanligingiz va arzimagan narsalar uchun bezovta bo‘lishga hojat yo‘qligi tezda esingizga tushadi.

QO‘RQUV MALHAM HAM, ZAHAR HAM BO‘LISHI MUMKIN

Ba’zan qo‘rquvdan chegaralangan me’yorda rag‘batlantiruvchi vosita sifatida foydalanish mumkin. U bilan xuddi zahar bilan bo‘lgandek munosabatda bo‘lish kerak. Keragidan ortiqroq me’yor falaj va o‘limga olib kelishi, biroq ozroq miqdori kuchli ta’sir etuvchi dori bo‘lishi mumkin. Shu sababli g‘oliblar qo‘rquv impulsiga unchalik qarshilik ko‘rsatishmaydi, biroq o‘zlarini tamoman uning ixtiyoriga ham topshirib qo‘yishmaydi. Foliblar oz miqdordagi qo‘rquv yaxshigina stimul (rag‘batlantiruvchi, oldinga undovchi) bo‘lishi mumkinligini allaqachon anglab yetishgan. Ular o‘zlariga shunday deyishadi: «Men yangi qadam bosish oldidan qo‘rquvni his qilmas ekanman, demak bu ko‘zlagan qadamim men uchun juda mayda ekanligini bildiradi». Foliblar qo‘rquvni to‘g‘ri yo‘lda ekanliklarining ishonchli belgisi sifatida qabul qilishadi. Ular o‘z qo‘rquvlari bilan ittifoq tuzishgan va uni o‘z o‘sishlarining harakatlantiruvchi omili hisoblashadi.

FALOKATLAR

Foliblar falokatlardan berkinishmaydi. Ular o‘z hayotlarida qayg‘uli daqiqalar albatta bo‘lishini bilishadi. Bundan hech kim qochib qutilolgan emas. Shu bois, quyidagi maslahatlardan foydalaning:
- Qandaydir dahshatli voqea ro‘y bermasdan azoblanish vaqt va energiyani behuda sarflash demakdir.
- Foliblar hayotning qora kunlarini yashab o‘tishda o‘zlarida kuch va aql topilishini biladigan insonlar.
- Falokatlar — bu hammasini boshdan boshlash imkoniyati.
- Falokatlar — hayotimizning muhim tarkibiy qismi, garchi ularni ongli ravishda axtarish mutlaqo shart bo‘lmasa-da. Rixard Bax shunday degan: “Ipak qurti uchun hayotning oxiri bo‘lgan narsa aslida kapalakning tug‘ilish jarayonidir”.

POZITIV DUNYOQARASH

G'oliblar bolalarga xos ishonchga ega bo‘lishadi. Masalan, ular aniq ishonishadiki, ularning hayotini yuqorida — osmonda kimdir boshqarmoqda va hayotda hamma narsa ma’lum bir ma’niga ega. To‘g‘ri, bu ma’ni bir qaraganda ko‘zga tashlanmaydi, uni juda uzoq vaqt axtarish kerak bo‘ladi. Kimgadir bu dunyoqarash juda jo‘n ko‘rinishi mumkin. Biroq unga qarshi qanday muqobil keltirish mumkin? Hech bir tizimga bo‘ysunmasdan odamlar orasida taqsimlangan omadsizlik yoki muvaffaqiyatga shunchaki ishonib qo‘yish kerakmi? O‘zini tasodif qurboni hisoblash o‘rniga, har bir narsada qandaydir ma’no axtarib yuruvchi inson o‘zini ancha xotirjam his qiladi. Bir tomondan g‘oliblar har bir narsadan chuqur ma’no axtarishadi, boshqa tomondan esa intihosiz koinot sarhadlarida o‘zini qum zarrasi deb hisoblaydi. Olam ularning atrofida aylanmayotganini juda yaxshi bilishadi. Ularning jamiki orzulari, qo‘rquvlari va falokatlar — bu shunchaki Olamning bilinar-bilinmas in’ikosi ekanligini bilishadi. Ular hayotga o‘yin kabi munosabatda bo‘lishadi. Bunday o‘yinda xatolar juda muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Agar siz yutqazgan bo‘lsangiz ham, istalgan vaqtda yangi o‘yinni boshlashingiz mumkin. Bir qaraganda yuqoridagi fikrlar bir-biriga ziddek ko‘rinishi mumkin, yo‘q, aslida unday emas. Agar hayotga o‘yin sifatida qaralsa va shu vaqtning o‘zida undan chuqur ma’no axtarilsa bunday yondashuv ma’lum bir yengiltaklik va bir vaqtning o‘zida fikr sog‘lomligini birlashtiradi. Bu bizga o‘z qo‘rquvlarimizni o‘ta jiddiy qabul qilmaslikda asqotadi. Sodir bo‘layotgan hodisada chuqur ma’no borligiga ishonish esa, o‘z navbatida, o‘z-o‘zimizga ishonchni mustahkamlaydi. Ma’no axtarish hayotda yuzakilikdan qochishda yordam beradi. Medalning ikki tomoni ana shunday va ularning biri ikkinchisiz mavjud emas. Jiddiylik va o‘yin bir-birini yaxshi to‘ldiradi. Hayotda o‘yin aksini ko‘rgan va shu vaqtning o‘zida undan ma’no axtarish bilan band inson jamiki mavjud qo‘rquvlardan ko‘pam hayiqib o‘tirmaydi.

AMALIY MASHQLAR:

Bugundan boshlab men qo‘rquvlarimni yengishni o‘rganaman. Buning uchun quyidagilarni bajarishim kerak bo‘ladi.
1. Meni qo‘rquv o‘z domiga tortayotganini sezganim zahoti uni yengishimda yordam beradigan o‘nta amaliy maslahatni o‘qishga tutinaman.
2. Men o‘zimda mamnunlik tuyg‘usini uyg‘otuvchi kamida beshta narsani yozib olaman. Men surunkali qo‘rquv o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligini, u mening atrofdagi olamga munosabatimga bog‘liqligini bilaman. Istalgan onda men uni mamnunlik hissi bilan bo‘g‘ib qo‘yishim mumkin.
3. Bugundan boshlab men qo‘rquvga boshqacha munosabatda bo‘laman. Men uni muvaffaqiyat uchun foydali rag‘bat sifatida qabul qilaman. Yengilgina qo‘rquv hissi menga yetarlik kuch sarflayotganim va o‘sayotganimni namoyish qilib turadi. Agar men navbatdagi qadam oldidan qo‘rquv hissini tuymasam, demak bu qadam men uchun juda kichik.
4. Bugundan boshlab men o‘zimga, o‘z istaklarim va qo‘rquvlarimga u qadar jiddiy munosabatda bo‘lmayman. Chunki men juda ulkan bir butunlikning arzimas qismiman.