Menu

24-QONUN. O‘ZINGIZNING KUCHLI TOMONINGIZGA TAYANING

Bir daraxt o‘zining kichikligi, qiyshiqligi va xunukligidan juda aziyat chekar ekan. Uning yon-atrofidagi daraxtlarning barchasi baland va ko‘rkam ekan. Daraxt ular kabi bo‘lishni, shoxlari uzra shamol esib turishini istar ekan. Biroq o‘sha daraxt jarlik yoqasida o‘sar ekan. Uning ildizi toshlar orasida to‘planib qolgan qo‘nim topgan ekan. Uning shoxlari uzra etni junjuktiruvchi shamol esar, Quyosh esa unga erta tongda bir ko‘rinish berib, choshgohdan so‘ng qoya ortiga o‘tib ketar ekan. Daraxtda bundan ortiq o‘sish uchun imkoniyat yo‘q va u o‘zining shum taqdirini qarg‘ar ekan. Biroq kunlarning birida, erta tongda, Quyoshning zarrin nurlar yetib kelgan pallada u pastda yastanib yotgan vodiyga nazar tashlab, hayoti o‘zi o‘ylaganchalik yomon emasligini anglabdi. Uning ko‘z o‘ngida ajoyib manzara paydo bo‘libdi. Undan pastroqda o‘sayotgan daraxtlarning birortasi bu go‘zal manzaraning o‘ndan bir kismini ham ko‘ra olmas edilar. Boshi uzra jarlik qoyasining bo‘rtib turgani uni qor va muzdan asrar ekan. O‘zining qiyshiq tanasi va beo‘xshov ko‘rinsa-da, mustahkam shoxlari bo‘lmasa daraxt bu joyda bir lahza tura olmasligini anglabdi. U shu yerda o‘sayotgan barcha daraxtlar singari takrorlanmas ko‘rinish va o‘z o‘rniga ega edi. U o‘ziga xos daraxt edi va bu unga ko‘plab ustunliklarni berardi.

* * *

Har bir inson o‘zida mavjud qobiliyat va sifatlar bilan yashashni shrganishi kerak. Asosiy diqqat bizda bor bo‘lgan va biz tushunadigan, qila oladigannarsalarga qaratilishi kerak. Afsuski juda ko‘pchilik insonlar o‘zida yo‘q, tushunmaydigan va qila olmaydigan narsalarga diqqat-e’tiborlarini sarflashadi.

BE’MANI ORZULAR

Ko‘pchilik odamlar «agar qobiliyat va iste’dodim ozgina ko‘proq bo‘lganda yashashim ancha osonlashardi», deb o‘ylashadi. Masalan, tabiatan kasalmand inson agar sog‘ligim yaxshi bo‘lganda hayotim ancha yengil bo‘lardi, deb o‘ylaydi. Biroq sog‘ligi qanday bo‘lsa shunday. Yolg‘iz ona farzandibilan ko‘proq bo‘lishni istaydi. Biroq buning uchun unga vaqt yetishmaydi - ishlashi kerak. Agar ovozingiz shirali bo‘lsa yoki biror badiiy iqtidorga ega bo‘lsangiz yaxshiroq yashagan bo‘lar edim deb o‘ylaysizmi? Menimcha yo‘q. Har bir muvoffaqiyat uchun to‘lov bor. Biroq asosiy jihat shundan iboratki, biz o‘zimizda bor qobiliyatga egamiz, xolos. Agar pulingiz ko‘proq, sog‘ligingiz mustahkam, suyukli yoringiz bo‘lsa hayotim yaxshi bo‘lib ketar edi, deb o‘ylaysizmi, Yo‘q, bu holda sizda boshqa muammolar paydo bo‘lar edi.

O‘ZINGIZDA MAVJUD NARSALARDAN FOYDALANA OLING

Tabiat sizga nimaniki ato etgan bo‘lsa, uni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Butun hayotingiz davomida ba’zi insonlarda qobiliyat va iqtidor boshqalariga nisbatan ko‘proq ekanligiga amin bo‘lib borasiz. Bu holatda adolatni talab qilish bema’nilik. Birinchidan, biz o‘sha insonlar iqtidori uchun nimalar to‘layotganidan bexabarmiz. Ikkinchidan, bizda ham boshqalarda bo‘lmagan iqtidor va qobiliyat bor. Aslida qobiliyatning roli unchalik muhim emas. Muhimi - biz o‘zimizda mavjud narsalardan qanday foydalanayotganimizda. Siz kuni bo‘yi uydan chiqmay yangi qobiliyatlar haqida orzu qilishingiz mumkin, biroq bu hayotingizni zarracha o‘zgartirmaydi. Poker o‘yinini olaylik. Ushbu qimorda kartada omadi kelgan kishi faqat qisqa muddatli muvoffaqiyatdan umid qila oladi, xolos. Chunki alal-oqibat, yaxshi o‘ynagan, o‘yinni puxta o‘zlashtirgan va uning barcha nozik taraflarini o‘rgangan inson g‘olib bo‘ladi. Agar sizda boshqalarda mavjud iqtidor bo‘lmasa, shunchaki o‘zingizga boshqa hayot yo‘lini tanlashingiz kerak. Bir o‘quvchi maktabda sira ingliz tilini o‘zlashtira olmas ekan. Shunchaki unga maktabda chet tillarni o‘rgatish metodiksi to‘g‘ri kelmasdi. U sinfda o‘zlashtirish bo‘yicha eng qoloq hisoblanar, boshqalarga hasad qilar ekan. Shundan so‘ng u bir necha yil AQSHda yashashga majbur bo‘libdi. Endi esa u ingliz tilini barcha sinfdoshlaridan yaxshiroq biladi. Gap faqat qobiliyatda ham emas. Undan qanday foydalanayotganimiz yanada muhimroq sanaladi.

MEHNATSEVARLIK QOBILIYATDAN MUHIMROQ

Atrofingizdagilarning iqtidorini o‘ta ilohiylashtirib yuborish ham yaramaydi. Axir biz ularning muvoffaqiyatining qaysi qismi iqtidoriga, qaysi qismi tinimsiz mehnat qilganiga to‘g‘ri kelishini hech qachon aniq bilmaymiz. Barcha g‘oliblarni bir narsa birlashtiradi: har qanday yuksak natija - birinchi navbatda mehnat samarasidir. Juda ko‘pchilik bu fikrga qo‘shilmaydi, chunki bu ularning asosiy ko‘ziri «Iqtidor bo‘lmasa, urinib nima qildim?»dan mahrum etadi. Siz qo‘lingizga tushgan kartalardan qat’iy nazar, tishingiz mumkin. Ehtimol, buning uchun ko‘proq ko‘p vaqt talab etilar, keragidan ortiqcha terlarsiz. Biroq sizda qat’iyat va sabot o‘lsa maqsadga eltuvchi yo‘l har doim ham topiladi. Agar bu yo‘lda to‘siqlar paydo bo‘ladigan bo‘lsa, siz ularni sindirishingiz, ostidan sirg‘alib yoki ustidan hatlab o‘tishingiz mumkin. Qartada omad kelishiga tayanib ish ko‘radiganlar esadastlabki muammo oldida mulzam bo‘lib qolishadiva yana «omadli kartalar»ni kuta boshlaydi. Paydo bo‘lgan vaziyatga e’tibor bermasdan, ishni hozir o‘zingiz turgan joydan boshlang. Nima qilishingizdan qat’iy nazar, har kuni kechagidan ozgina yaxshiroq bo‘lsa-da, natijaga erishishga harakat qiling.Qadamma qadam. Vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarishini kutib o‘tirmang. O‘zingiz o‘zingizga kerakli vaziyatni yarating.

KUCHLI VA OJIZ TOMONLAR

Har qanday kuchli va ojiz tomonlari bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘zining kuchsiz trafiga e’tibor beradi va omadsizligining sababini o‘shanda deb bilishadi. Bunda yinsonlar uchun yaxshi yangiligimiz bor: shaxsning kuchsiz tomoning muvoffaqiyatga mutlaqo ahamiyati yo‘q. Eng yaxshi atirgul butasi - tikanlari ko‘pi emas, eng chiroyli gullardan tashkil topganidir. Hali hech kim nuqsonlaridan qutilgani uchun boyib ketmagan. Siz asta-sekin yengishni uddalayotgan nuqsonlaringiz emas, e’tiborga molik jihatlaringiz sizni boy qiladi. Agar qandaydir nuqsoningiz ustidan g‘olib chiqqan bo‘lsangiz, xo‘sh, bu bilan nimaga erishdingiz? Bitta nuqsoningiz kamayganidan boshqa hech narsaga. Bundan sizning muvoffaqiyatingiz ham, pulingiz ham ortmaydi. Toki shaxsiyatingizning kuchli tomonini rivojlantirmas ekansiz, Urtacha insonligingizcha qolaverasiz. Faqat shu sizga boylik va muvoffaqiyat keltirishi mumkin. O‘z nuqsonlaringiz borasi ko‘pam qayg‘uravermang. Juda ko‘pchilik insonlar shunga o‘xshash nuqsonlarga ega va duppa-durust yashamaqda. Albatta, kuchsiz tomonlaringizga butunlay ko‘z yumib qo‘yish ham yaramaydi, aks holda ular muvofffaqiyatga erishishingizda halaqit beradi. Biroq siz har doim yechim topa olishingiz mumkin. Agar buxgalterlik hisoblariga tushunmasangiz, yaxshi buxgalter yollang. Siz o‘zingizning ojiz tomonlaringizni o‘zingizga yangi yo‘l tanlash, shu sohada kuchli bilimga ega bo‘lgan insonlar bilan hamkor, mushtarak bo‘lish uchun imkoniyat sifatida qabul qilishingiz kerak. Kuchli tomoningizga diqqatingizni jamlab, iloji boricha uni rivojlantirig. Shunday mufofaqqiyatlarga erishgan insonlarni toping. Ular bilan birlashing va ulardan o‘rganing.

ISHLARINGIZ BUTUN UMR SIZGA YO‘LDOSH BO‘LADI

Vaqt o‘tib, siz tushib qolgan vaziyatlarning juda ko‘pi sizning vijdoningizga havola ekanligini anglaysiz. Bu ham yoqimli, ham yoqimsiz vaziyatlarga taaluqli. Hammasi ularning uyg‘unligi va niyat qilinayotgan istiqbolga bog‘liq. Extimol, vaqt o‘tib sizning xatolaringiz va mag‘lubiyatlaringiz qandaydir ma’no kasb etar. Bu yerda ham holat qarta o‘yinidagidek. Shunchaki olingan qarta yomon ham yaxshi ham bo‘lmasligi mumkin. Biroq qo‘lingizdagi bir necha qarta yutishingiz yoki yutqazishingizni belgilab berishi mumkin. Agar siz hayotingizda biror narsani o‘zgartirishga qodir bo‘lsangiz, buni qiling. Ba’zi narsalarni tezda o‘zgartirib bo‘lmas, ehtimol hech qachon o‘zgartirolmassiz. Bu faktni yodda tuting. Asosiysi - bir sharoitdan boshqasini farqlashni o‘rganasiz. Bir qarashda «foydasiz» ko‘ringan vaziyat ortida yashirin ustunliklarni ilg‘ab olishga harakat qiling. Ko‘pchilik uzoq vaqt kulib masxara qilgan kuni kelib sizning ko‘ziringizga aylanisha mumkin.

O‘ZINGIZNI BOSHQALARGA SOLISHTIRMANG

Biz doim o‘zimizni atrofdagilar iblan solishtiramiz - go‘yoki bu ularning fonida yaxshiroq ko‘rinishimizga yordam beradigandek. Bunday taqqoslash davomida kimdandir nimadadir ortda, boshqalardan nimadadir ustun ekanligimizni aniqlaymiz. Unimining ham, bunisining ham bizga hech qanday nafi yo‘q. Agar biz o‘sha ustunligimizni payqasak, biz o‘z muvoffaqiyatimiz sifatida talqin qilamiz. Biroq bunda o‘ta bahstalab mezondan foydalanamiz. Biz o‘zimizni molishtirayotgan inson balki shunchaki rivojlanishdan to‘xtagandir. Bunday holatda biz boshqalarning muvoffaqiyatsizligi ortiga berkingan bo‘lamiz. Agar boshqa insonga taqqoslashda yutqazsak ham bu bizga foyda bermaydi. Faoliyatning u yoki bu jabhasida bizdan ustunroq bo‘lgan insonni istalgan vaqtda ham topish mumkin. Bu holatda biz o‘zimizga ishonch va qat’iyatni yo‘qotishimiz mumkin. Agar biz diqqatni faqat o‘zimizga qaratsak, bu bizga o‘zimizga xosligimizni tushunishda yordam beradi. SHU sababli har o‘anday solishtirish ma’noga ega emas. O‘zimizni faqat o‘z mezonimiz bo‘yicha baholashimiz mumkin. Biz o‘zimizni o‘shandek bo‘lishni istagan va o‘shandek bo‘la oladigan inson bilan taqqoslashimiz kerak.

TAKRORLANMASLIK

Boshqa sizga o‘xshagan inson yo‘q. Hayot yo‘lingizda ham siz yechishingiz lozim bo‘lgan masalalarga aynan o‘xshash maqsadli inson uchramaydi. Sizning o‘zingizga xosligingiz shaxsiy tajribangiz va qobiliyatingiz uyg‘unligida namoyon bo‘ladi. Siz e’tiroz bildirishingiz mumkin: «Shvaqtgacha qilgan ishlarimning barchasini boshqalar ham qilishi mumkinedi», deb. Birinchidan, buning ehtimoli kam. Asosiysi, bu ishni siz uddalagansiz! Aynan siz, bosho‘a kishi emas. Har doim ana shunday bo‘lib qoladi. Hech qanday inson hayotda sizning o‘rningizni egallay olmaydi. O‘zingizni boshqalarga kamroq solishtirib, o‘zingizga diqqatingizni ko‘proq jamlasangiz o‘zingizga xosligingiz yanada ravshanlashadi va bundan kelib chiqadigan ustunliklar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Sizda boshqa insonga xos fazilat paydo bo‘lishiga tilakdoshmasmiz. Yaxshisi o‘zingizning kuchli tomonlaringizni rivojlantiring. Siz o‘zingizni boshka insonlar bilan taqqoslaganingizda ko‘pincha hasad va rashk kabi salbiy tug‘ular paydo bo‘ladi.

HASAD

Nmadandir atrofingizdagi insonlardan ortda qolayotganingizni his qilish hasad tug‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, bu tuyg‘uning paydo bo‘lishi o‘z-o‘zingizga ishonchingiz sustligi ham sabab bo‘ladi. O‘zining zarar yoqasida ekanligini tushunuvchi inson o‘z nazdida o‘ziga nisbatan balandroq darajada turuvchi inson bilan muloqotga kirishishga intiladi. Biroq turli darajada turuvchi insonlar muloqotga kirishishining ikki yo‘li bor. Yo sizdan sizdan baland turuvchi inson darajasiga chiqib borishingiz kerak, yoki uni ortga tortib o‘z darajangizga tushirib olishingiz kerak. Yoki biz atrofdagi baland binolarning hammasini buzamiz, yoki o‘zimiz baland qilib quramiz. O‘zining yuqoriroq darajagacha o‘sishiga ishonmagan insonlar turli tuhmat va nuqsonlar bilan atrofdagilarning obro‘sini tushurishga harakat qilishadi. Hasadning eng yomon jihati - muvoffaqiyat qozonayotgan insonning g‘ildiragiga cho‘p tiqishda emas - hasadgo‘y o‘zini yaxshiroq bo‘lish imkoniyatidan mahrum qilishdadir. O‘z darajasidan voz kechib yuqoriroq darajaga intilish o‘rniga ular atrofdagilarni o‘z darajasiga tushurish uchun bor energiyalarini sarflashadi.

RASHK

Haddan ziyod rashk - insonning o‘zidan, o‘z kuchidan shubhalanishining bir ko‘rinishi hisoblanadi. Bu tuyg‘u ham hasad singari o‘zini boshqalar bilan solishtirganda paydo bo‘ladi. Juda ko‘p oilalarda er-xotinlar juda ko‘ngilsiz rashk sahnalarini qo‘yib berishadi. Bunda eng fojealisi - er rafiqasida o‘z shaxsiga nisbatan qiziqish, mayl o‘yg‘otish o‘rniga energiyasini ayolining erkinliklarini chegaralashga sarflaydi. Ertami-kechmi xotin bu narsa erning ojizligi belgisi ekanligini anglaydi. Natijada, rashk aslida kurashilishi kerak bo‘lgan narsaga olib boradi. U er-xotinni bir-biridan ajratadi. Rashk - haqiqiy muhabbatning yaqqol belgisi, degen xato fikr mavjud. Bu noto‘g‘ri. Qo‘rqinch va tobelik bo‘lgan joyda asl muhabbatga o‘rin yo‘q. Muhabbat - erkinlik tug‘usini baxsh etadi, rashk esa qo‘l-oyoqni bog‘lash, bo‘g‘ish degani. Rashk dardiga mubtalo bo‘lgan inson boshqa insonning unga bo‘lgan munosabatidan o‘z-o‘ziga ishonchni mustahkamlaydi. U o‘zining muhim odamligini his qilishi uchun qay yo‘l bilan bo‘lsa-da, boshqa insonni kamsitishi kerak bo‘ladi. Shu vaqining o‘zida u hamkori undan yuz o‘girishi mumkinligidan qo‘rqadi va jamiki usullar bilan unga yopishib oladi. Ko‘nglining tub-tubidan o‘zining to‘laqonli emasligini anglab, o‘zidan jirkanishi va bu jirkanishni atrofdagi odamlarga ham «yuqtirishi» mumkin. Shuning uchun, narkoman doim narkotik istagida bo‘lganidek, rashkchi ham o‘zida bu halokatli tuyg‘uni quvvatlantirib turuvchi bahonalar axtaraveradi. Agar hasadsi badavlat insonning kasod bo‘lishini istasa, rashkchi o‘zining ham o‘zi sevaman deb hisoblaydigan insonnig hayotini ham hayotini vayron qiladi. Albatta, sizning ishonchingizni suiste’mol qilib, sizga hiyonat qiluvchi insonlar ham uchrab turadi. Biroq, ularni oldingizda kuch bilan ushlab turish hech qanday yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Agar insonlar bir-birlariga to‘g‘ri kelishmasa, o‘zaro zaruriyatlarini qoniqtira olishmasa, ularning ajrashganlari ma’qul. Na sizni, na o‘zini qadrlovchi insonning erkinligini chegaralashga urinib, o‘zingizni yerga urish shartmikan? Rashkchining tuyg‘ularni tushunishga urinish, uning talablariga ko‘nish bema’nilik. Faqat uning o‘zigina o‘zini davolay oladi. Rashk dardiga mubtalo bo‘lgan inson o‘zining kuchli jihatlariga diqqatini jamlashni o‘rganishi kerak. qachonki u o‘z fazilatlari va potensialini anglasagina shukronalik, baxt va osudalikka erishishi mumkin. Uning ko‘nglida rashk uchun o‘rin ham qolmaydi. Ehtimol, siz o‘zingiz tushib qolgan vaziyatni birdaniga o‘zgartirishga qodir emassiz. Biroq, qulayroq vaqt kelishini kutib, vaqi va energiyani behuda sarflamang. Shunday narsalar borki, siz uni o‘zgartira olmaysiz, chunki ular sizning nazoratingizdan tashqarida. Unda ularga kuch sarflamang. Kuch-quvvatingizni nazorat qila oligshingiz mumkin narsalarga yo‘naltiring. G‘oliblar hayotlarini faqat qo‘llarida bor bo‘lgan bo‘yoqlarga bo‘yashadi. Biroq ular buni ustalik bilan qilishadi.

AMALIY MASHQLAR:

Bugun men o‘z shaxsiyatimning kuchli tomonlarini rivojlvntirish uchun harakatni boshlayman. Buning uchun menga quyidagilar kerak bo‘ladi:
1. Men o‘z muvoffaqiyatlarim fa qat iqtidorga emas, undan qanday foydalanayotganimga ko‘proq bog‘liq ekanligini tushundim. Men hech qachon taqdir menga xayrixoh emasligidan shikoyat qilmayman.
2. Men o‘z shaxsiyatimning barcha kuchli va ojiz tomonlari io‘yxatini tuzaman. Nuqsonlarga kelsak, men ularni yo‘q qilish yo‘lini topaman. Biroq asosiy e’tiborni o‘zimning kuchli jihatlarimni rivojlvntirishga qarataman va bu yo‘lda manga nafi tegadigan insonlarni atrofimda to‘playman.
3. Men o‘z hayotiy holatimni tahlil qilib, unda nimani o‘zgartirish mumkinligi haqida o‘ylayman. Keyin o‘z rejamni tuzaman. Unda belgilangan tadbirlarni keyinga siltamasdan, darhol bajarishga kirishaman.
4. Men o‘zgartirishga qodir bo‘lmagan vaziyatlarni yodda tutaman. Agar bugun yomg‘ir yog‘msa, men xushchaqchaq jilmayishda davom etaman. Chunki aftimni bujmaytirib olganim bilan yomg‘ir to‘xtab qolmaydi.
5. Rashkchi va hasadgo‘y ekanligim qay darajada ekanligini tekshirib ko‘raman. Bu tuyg‘ularni yurakdan yulib olib tashlab bo‘lmaydi, lekin o‘ potensialim va o‘ziga xosligimga e’tiborni kuchaytirib, ularni chekkaga siqish mumkin. Nega men takrorlanmas ekanligim xususidagi savolga yozma javob qaytaraman.