Menu

15-QONUN. MUAMMOLARDAN O‘SISH UCHUN TURTKI SIFATIDA FOYDALANING

Kunlarning birida qiz dengiz sohilida uzoq yillik do‘sti — qari dengizchi bilan sayr qilib yurgan ekan. Qizni allaqanday muammolar qiynar, u bundan ancha tushkunlikka tushib qolgan edi. Dengizchi undan so‘rabdi: — Nima deb o‘ylaysan: agar men sohil qoyasidan suvga tushib ketsam cho‘kamanmi? Qiz dengizning etni junjikturuvchi suvlari, qoyatoshlarga urilayotgan to‘lqinlarga qarab, javob beribdi: — Albatta, cho‘kib ketsan! — Men suvga yiqilib cho‘kib ketgan insonni ko‘rgan emasman, — e’tiroz bildiribdi dengizchi. — Men agar suvdan chiqa olmasamgina cho‘kib o‘laman. — Biroq sen juda qattiq shamollab, kasalxonaga tushishing mumkin-ku? — e’tiroz bildiribdi qiz. — Suvda uzoq qolib ketsam, shunday bo‘lishi mumkin. Men suvga ko‘p yiqilganman. Avvaliga juda qo‘rqardim, keyinchalik suvdan tezda chiqib olsam hech qanday zarar ko‘rmasligimga amin bo‘ldim. Sening muammolaring ham xuddi shunday. Muammolarni o‘ylab qiynalgandan ko‘ra, ularni tezroq hal etish yo‘l lari haqida o‘yla.

* * *

Muammolarning aksariyati haqida shunday deyish mumkin: siz tushib qolgan vaziyat emas, unga sizning munosabatingiz haqiqiy muammo sanaladi. Eng katta xavf muammodan keyingi umidsizlikda yashiringan. Agar biz unga butun o‘y xayolimizni bag‘ishlamasak, muammo o‘z holicha bizga kuchli ta’sir o‘tkaza olmaydi. Bizdan tashqarida nima bo‘layotgani-yu, unga bizning munosabatimizni aniq farqlab olishimiz kerak. Biz hamma hodisalarga ham o‘z ta’sirimizni o‘tkaza olmaymiz. Vaqti-vaqti bilan “suvga yiqilib” turamiz. Biz hayotdagi kutilmagan ho latlardan qocha olmaymiz, bi roq o‘z tushkunligimizni qisqartirishimiz mumkin. Agar bizni ketma-ket uch hafta qandaydir omadsizlik ta’qib qilsa, bundan so‘ng biz karaxt ahvolga tushib qolsak, qayg‘urish vaqtini uch kun, uch soat, nihoyat, uch daqiqagacha qisqartirishni o‘rganishimiz kerak. Foliblar o‘zlarida bunday qobiliyatni shakllantirishgan. Bu holatni jamiki muammolarga qo‘llash mumkin. Faqatgina xayot uchun o‘ta xavfli kasalliklargina bundan mustasno. Hammada ham muammo bo‘ladi. Agar ko‘pgina insonlar bu haqda uzoq qayg‘urishsa, g‘oliblarning qayg‘urishi uzoq davom etmaydi. Shundan so‘ng u o‘zining jamiki salbiy hislarini ijobiy quvvatga aylantiradi. U tezda yana faollashadi va muammoni yechishga tushadi. Uni muammo qa’ridagi yashirin imkoniyatlar ilhomlantiradi. Muammo bizning his-tuyg‘ularimizni chulg‘ab olishi hamono biz harakatlanishdan to‘xtaymiz. Unutmaslik kerakki, vaziyatning xo‘jayini muammo emas, aynan bizmiz. Biz diqqatimizni muammodan uning yechimiga qaratganimizdan boshlab u bizning ustimizdan emotsional hukmronligini yo‘qotadi. Muammo paydo bo‘lishi bilan, unga energiyamizning o‘n foizini ajratib, qolgan to‘qson foizini muammoning yechimiga bag‘ishlashimiz kerak.

G'OLIBLARNING MUAMMOGA MUNOSABATLARI

Nega g‘oliblar muammolarga boshqacharoq munosabatda bo‘lishadi? Ular buning uchun kuchni qayerdan topishadi? Bunga ularning muammoga munosabati hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Folibning yondashuvi quyidagi uch afzallikka ega:
1. Foliblar hech qachon muammoni yechib bo‘lmaydigan, deb hisoblashmaydi.
Ular hamma narsani o‘zgartirish mumkin, deb ishonishadi. Bunda yechimni topish uchun kuch paydo bo‘ladi. Muammoni hal etib bo‘lmaydigan, deb hisoblovchilar qo‘llarini tushirib, o‘zlarini taqdir izmiga topshirishadi.

2. Foliblar muammo hayotning boshqa jabhalariga ta’sir qilishiga yo‘l qo‘ymaydilar.
Agar hayotimizning qaysi bir sohasida muammo paydo bo‘lsa, bu butun hayotimiz alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketdi, degani emas! Muammoning ahamiyatini kengaytiruvchi insonlar hayotdan bahra olmay qo‘yishadi va hamma narsani bema’ni hisoblay boshlashadi. Natijada, ular o‘zlariga baho bermay qo‘yishadi va hayot nazoratini yo‘qotishadi.
3. Foliblar o‘z shaxsiy sifatlarini muammo paydo bo‘lishiga sabab hisoblashmaydi.
Ular muammoda chaqiruv, o‘sish uchun yangi imkoniyatni ko‘rishadi. Agar siz muammoda o‘z shaxsiyatingizga putur yetkazuvchi dalilni ko‘rsangiz, demak, siz — ojizsiz.
Foliblar muammolarga munosabatlarini shakllantirib bo‘lishgan:

— Muammo biz unga qanday munosabatda ekanligimizdan iboratdir. Ko‘pincha biz uni juda jiddiy qabul qilib, u aslida o‘sish uchun yana bir imkoniyat ekanligini unutamiz. Muammoni yechishga o‘tar ekanmiz, u oddiy masalaga aylanadi. Masalani yechib biz o‘qiymiz, o‘rganamiz, o‘samiz va mustahkamlanamiz.
— Har qanday masalada uning javobi mujassam. Biz o‘zimizga kerakli javoblarni olish uchun muammolarni axtarib topishimiz kerak.
— Muammolar bizning ta’sir doiramizni kengaytirish uchun xizmat qiladi. Muammo paydo bo‘lar ekan, biz o‘zimizning qulay hududimizni tark etishimiz kerak. Muhim narsalar aynan shunday yaratiladi. Agar biz hayotning ma’nisini o‘qish va o‘sishda ko‘rsak, aynan muammolar bizga o‘sish uchun imkoniyat yaratib beradi.
— Agar siz boyishni istasangiz, sizga bir talay muammolar kerak bo‘ladi. Ulardan qochish uchun o‘z energiyangizni sarflashingiz ham mumkin, biroq buning amalda iloji yo‘q. Butun energiyani masalani hal qilishga sarflagan ma’qul.
— Faqat oson vaziyatlarni hal etishga o‘rganib qolmang. Murakkab vaziyatlarni yechish qobiliyatingizni shakllantiring. Muammo o‘z-o‘zidan yo‘qolishini kutib turish yaramaydi. Uni yechish kerak!
— Muvaffaqiyatni har qanday ahmoq boshqarishi mumkin, omadsizlik va qiyinchiliklarni har kim ham yenga olmaydi. Hech qanday imkoniyat qolmadi deb hisoblangan holatda ham yuqori natijalarga erisha olgan insonni haqiqiy professonal deb sanash mumkin. U har bir muvaffaqiyatdan rag‘bat olsa, har bir muammo uni yanada kuchliroq qiladi. O‘simliklarga ham quyosh, ham yomg‘ir kerak bo‘lganidek, unga o‘sish uchun ham muvaffaqiyat, ham muammolar kerak.
— Muammolar tufayli bizda eng yaxshi sifatlar shakllanadi. Ular bizning potensialimizni bekorga sovurilishga yo‘l qo‘ymaydi, aksincha faol va ijodkor bo‘lishga undaydi.
— Orqasidan mukofot kutib turmagan muammo yoki muvaffaqiyatsizlik yo‘q. Biroq juda ko‘pchilik insonlar faqat muammoga diqqatlarini jamlashgan, boshqa istiqboldan umuman bexabarlar.
— Ko‘pincha bizga butun manzarani to‘liqligicha ko‘rish qobiliyati yetishmaydi. Qandaydir hodisani falokat deb tasvirlaymiz, chunki biz manzaraning bir qisminigina ko‘rganmiz. Faqat vaqt o‘tibgina o‘sha “falokat” bizga juda katta imkoniyat yaratganini tushunib yetamiz.

SIZ O‘Z HAYOTINGIZ EGASISIZ

Hayotingizda muammo paydo bo‘ldimi, darhol uni yechishga tushing. Qayg‘uraman, o‘zgalarning rahmini keltiraman, deb behuda vaqt sarflamang. Bu hech kimga yordam bermagan va energiyaning zoye ketishi, xolos. O‘zingizni ojiz va notavon hisoblamang. O‘z holatingizni dramatik ravishda tasvirlab, atrofdagilardan rahm, shafqat kutmang. Axir sizga hamdardlik emas, izzat-ikrom kerak-ku?! Unutmang, o‘z muvaffaqiyatsizliklaringizda kimnidir ayblab, unga o‘z ustingizdan hukmron bo‘lish imkoniyatini yaratasiz. Hayotingiz egasi sizdan bosh qa hech kim emas. Bundan kelib chiqadiki, paydo bo‘lgan har qanday muammo uchun siz mas’ul emassiz, biroq bunda sizning ham bir bo‘lak aybingiz bor. Shu sababli, muammoni yechish sizning qo‘lingizda. Uch xil ko‘rinishdagi muammolar bor:
1. Biz bevosita nazorat qila oladigan muammolar. Ularni o‘z odatlarimizni o‘zgartirib, hal qila olishimiz mumkin. Masalan, sizning pulga nisbatan munosabatingiz unga qanday muomalada ekanligingiz — iqtisod qilayotganingiz yoki sarflayotganligingizga bog‘liq. Bu yerda hamma narsa bizning izmimizda.
2. Biz faqat qisman nazorat qila olishimiz mumkin bo‘lgan muammolar. Bunday muammolarni ta’sir doiramizni kengaytirib, hal qila olishimiz mumkin.
3. Bizning nazoratimizdan tash qarida bo‘lgan muammolar. Hatto shunday holatda ham biz ichimizda kechayotgan g‘alayonlarni, ya’ni his-tuyg‘u va reaksiyalarni nazorat qilishimiz mumkin. Eng yaxshisi — doim tabassum bilan, kayfiyatimizni buzmaslikka harakat qilishimiz kerak.

MUAMMOLARNI HAL QILISHGA YO‘NALTIRILGAN OLTI AMALIY QADAM

Muammo paydo bo‘lishi hamono bu holatda nima qilish mumkinligi xususida o‘ylash kerak.
O‘tmishni o‘zgartirib bo‘lmaydi, shu sababli imkon qadar tezroq xayolingizni zarur o‘zanga burish lozim. O‘zingizga darhol quyidagi savollarni bering:
1. Ushbu muammoda nima foydali? Agar xayolga hadeganda jo‘yali narsa kelavermasa, ushbu muammodan hosil bo‘lgan saboqlarga diqqatingizni jamlang. Har qanday vaziyatdan ham saboq chiqarish mumkin, biroq hamma ham bu haqda o‘ylayvermaydi.
2. Hayotimdagi qaysi yetishmovchiliklar ushbu muammoning paydo bo‘lishida rol o‘ynadi? Bu savol sizga ojiz qurbon rolidan qutilishda yordam beradi. Muammo balki boshqa insonning harakatlari tufayli paydo bo‘lgandir? Biroq buni tushunish sizga yordam berolmaydi. Kelajakda bunday muammolarni chetlab o‘tish o‘z qo‘limizda ekanligini anglash foydaliroq.
3. Bunday vaziyatga qayta tushmaslik uchun nimalar qilishga tayyorman? Muammoni shunchaki yo‘qotish optimal yechim hisoblanmaydi. U boshqa qaytarilmasligiga harakat qilish kerak. Shunchaki o‘z hulqingizni o‘zgartirib juda ko‘p muammolarga nuqta qo‘yishingiz mumkin.
4. Qanday yechim variantlari mavjud? Obro‘li kishilardan maslahat oling. Muammongiz ha qi da so‘zlar ekansiz, imkon qadar masalaning mohiyati haqi da gapiring. Axir sizga hamdardlik emas, maslahat kerak. Agar siz birovning “tushunishi”ni istab, o‘z muammolaringiz haqida to‘lib-toshib gapira boshlasangiz, bu kurmakka suv quygan bilan barobardir.
5. Eng yaxshi yechim qaysi? Javobni o‘tmishdan qidirmang. O‘tmishni o‘zgartirib bo‘lmaydi. O‘z-o‘zingizdan xafa bo‘lish ham yaxshi yechim emas. Yaxshisi, kelajakka boqing va muammo yechimiga diqqatingizni jamlang.
6. Qanday qilib muammoni yechish menga huzur bag‘ishlashi mumkin? Inson o‘z muammolari yuki ostida ekan, o‘zini aslo yax shi his qilmaydi. Faqat hamma muammolarni hal etib bo‘lgachgina hayotdan to‘laqonli bahra olish mumkin, deb o‘ylovchi inson ham baxtli bo‘la olmaydi. Chunki hayot muammolarning uzluksiz zanjiridan iboratdir. Bu hatto yaxshi. Gardaningizdagi muammolarga qaramasdan kulib, zavqlanib yurganingizni ko‘rgan ba’zilar sizni qattol, beo‘y va hissiz inson hisoblar. Tashvishlanmang — ular ha sad qilishayotganini o‘zlari ham sezishmayapti.

KO‘PINCHA BIR MUAMMO DOIM PAYDO BO‘LAVERADI

Nega hammasi men bilan sodir bo‘lyapti? Ba’zida hayot bizga saboq berishga astoydil kirishganga o‘xshab ko‘rinadi. Va biz uni puxta o‘zlashtirib olmagunimizcha saboq ketidan saboq olaveramiz. Ajralish, yashash joyini yoki ishxonani o‘zgartirish mumkin, biroq saboq o‘sha-o‘shaligicha qolaveradi, shu sababli uni yaxshilab anglashga harakat qiling. Hayotdan doim qochib yurishning imkoni yo‘q. Agar siz Yaponiyaga yashash uchun ko‘chib borsangiz ham bu saboq sizni o‘sha yerda tutib oladi, biroq u endi yaponcha ko‘rinish olgan bo‘ladi. Avval “dastlabki qo‘ng‘iroq” yangraydi. Agar siz uni bee’tibor qoldirsangiz, zarba uzoq kuttirib o‘tirmaydi. Hayot bizni jazolamaydi, tarbiyalaydi. Hamma narsada ham hikmat bor. Bir qarashda uni anglash qiyin. Biroq qisqa muddatli vaziyatlar pardasini picha ko‘tarib bizga nima yetishmayotganligini anglash mumkin. Balki bular ham dard lik, haqiqatdan ham muhim ishlarga yo‘nalish, farzandlar va boshqa insonlar oldidagi mas’ uliyat, ichki osudalikdir... Muammoaning asl mohiyatini anglaganimizdan so‘nggina ke yingi saboqlarga ho jat qolmaydi. Biroq ko‘pgina muammolarning bosh sababchisi o‘zimiz bo‘lamiz. Ortiqcha pulimiz paydo bo‘ lishi bilan yaxshiroq avtomobil, kattaroq uy sotib olamiz. Buning hisobiga yangi muammolar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, ich-ichimizdan xavfsirayotgan hodisalarni o‘zimizga yanada yaqinroq tortamiz. Xayollarimizda pishib yetilgan vaziyatlarga tushib qolganimizni sezmay qolamiz. Albatta, hayot og‘riq va alam keltirishi shart emas, lekin vaqti-vaqti bilan bunaqasi ham sodir bo‘ladi. Bunga sabab ular hayotni o‘zgartirish uchun bosh turtki hisoblanadi. Alam va azobga duch kelmaguncha hammasi avvalgidek qolaveradi. Azobga duch kelishimiz bilanoq kerakli choralarni ko‘ra boshlaymiz. Hammamiz ham insonni tajribalar toblaydi, degan fikrga qo‘shilamiz. Agar bizga shunday imkoniyat berilsa, o‘zimizga bizni unchalik toliqtirmaydigan “qulayroq” tajribalarni tanlagan bo‘lardik. Ko‘pincha biz o‘zimiz istagan odam bo‘lish uchun qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni qilgimiz kelmaydi. Sinov-tajribalar va muammolar o‘z mohiyatiga ko‘ra “qulay” bo‘lmaydi, aslo! Bu juda to‘g‘ri — chunki bizga yuqori talablar qo‘yilgani bois o‘sa boshlaymiz. Hayotimiz hech qachon oddiy bo‘lmaydi. Biroq turli to‘siqlarga qarshi samaraliroq kurashish uchun o‘qish va o‘sish imkoniyatiga egamiz. Sizga taklif etilgan muammolarni yechish usullari oson hayot emas, qiziqarli hayot uchun retsept sanaladi. Juda ko‘p insonlar faqat hamma muammolar hal etilsagina o‘zlarini baxtli his qila olishlari mumkinligini ta’kidlashadi. Foliblar esa muammolar har doim bo‘lishini bilishadi. Inson qanchalik katta muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa, muammolari ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Shu sababli, g‘oliblar muammolarni yaxshi ko‘rishadi. Mummolarga qaramasdan, aksincha, balki shu muammolar tufayli ham ular o‘zlarini baxtli his qilishadi. Ular “Agar muammo hal etilgan bo‘lsa, yangi, yanada murakkabroq muammoni axtarish kerak” prinsipiga asoslanib yashashadi.

AMALIY MASHQLAR:

Bugundan e’tiboran men muammolarni hal etish ko‘nikmamni takomillashtira boshlayman. Bu yo‘lda quyidagilarga amal qilaman:
1. Muammo paydo bo‘lishi bilanoq, uni hal etishga diqqatimni jamlayman va muammoni hal etishga yo‘naltirilgan olti qoidani o‘qib chiqaman.
2. Men ushbu muammoga duch kelgan yagona inson emasligimni anglayman. Men shunday holatlarni yengib o‘tgan insonlarning tajribasidan foydalanaman.
3. Men bosh muammo mening muammoga bo‘lgan munosabatimda ekanligini tushunaman. Shuning uchun doim o‘zimga quyidagi savolni beraman: “Ushbu muammodan qanday foyda olish mumkin?”
4. Men muammolar o‘sishimga yordam berishini bilaman, shu sababli ulardan qochmayman. Har safar muammoni hal etar ekanman, o‘zim uchun yangi sinov axtaraman. Men uchun muammolarni hal etish o‘ziga xos sport turi bo‘lib qoladi.